Termotransfer
Bu harorat va bosim yordamida har qanday yuzaga tasvirlar, yozuvlarni tushirish texnologiyasidir. Buning uchun maxsus mashinalar, issiqlik presslari qo’llaniladi.
Termotransfer xususiyatlari
Termotransfer texnikasi oraliq asosda naqshlarni yaratishni, ularni keyinchalik mato yoki qattiq yuzaga tushirishni o’z ichiga oladi. Tushirish, mahkamlash jarayoni maxsus lenta-plyonka, shuningdek, yuqori harorat yordamida amalga oshiriladi. Printni materialga tushirish uchun bir necha daqiqa, ba’zan esa soniyalar ketadi.
Termotransfer turlari
Termotransferning bir necha uslublari mavjud
Sublimatsiya bosib chiqarish
Bu to'liq rangli tasvirni tekstil va tekstil bo'lmagan materiallarga o'tkazishdir.
Termotransfer qog'ozi
Termotransfer qog'ozi yuqori sifatli tasvirlarni o'tkazish uchun ishlatiladi, shunungdek ham ochiq, ham to'q rangli matolarda qo'llanilishi mumkin.
Termotransfer filmi
Film (plyonka) bilan termotransfer tushirish harorat ta'sirida tasvirlar va matnlarni uzatish uchun qulay materialdir.